BIZNES BOSHQARUVI BO'YICHA MAGISTRLIK DASTURI

Biznes boshqaruvi bo'yicha magistrlik dasturi  talabalarni xalqaro miqyosda faoliyat yuritadigan bir qator tashkilotlarda malakali menejer bo'lishiga yordam berishga qaratilgan. Ushbu dastur muvozanatlashgan o'quv rejasi orqali boshqaruvning barcha asosiy yo'nalishlarini qamrab oladi.

 

Dastur talabalarlarning bilim saviyasini oshiradi, ularning boshqaruv qobiliyatlari va salohiyatini kuchaytiradi va o'quvchilar o’zaro bir-biridan va o'qituvchilardan o'rganishlari mumkin bo'lgan muhitni ta'minlaydi. Xususan, operativ va strategik jihatdagi turli amaliy boshqaruv muammolari bilan shug'ullanish uchun kontseptual va analitik ko'nikmalar ishlab chiqish uchun mo'ljallangan.

 

Dastur davomida quyidagi mavzularga alohida e'tibor beriladi:

 

Talabalarning zamonaviy biznes kontseptsiyalari va modellari haqida tushunchalarga ega bo’lishlari va ushbu tushunchalarni murakkab biznes muammolarini hal qilishda qo’llanish usullari;

Talabalarlarning boshqaruvning turli xil sohalaridagi kasbiy ko'nikmalarini oshirish;

O'zaro va madaniyatlararo omillarni va istiqbollarni qaror qabul qilishga qanday ta'sir qilishini o’rgatish;

Biznes muammolarini hal etishda tanqidiy yondashuvni targ'ib qilish;

Talabalarning hozirgi kunda va kelajakda shaxsiy rivojlanishlariga yordam berish.

 

Magistratura dasturining maqsadlari:

 

Talabalarga yuqori darajadagi menejer sifatida faoliyat yuritish, keng tarqalgan tijorat va notijorat tashkilotlarining boshqaruv usullari va muammolarini hal qilish qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlarini taqdim etish;

Xalqaro menejment,  dunyoning turli burchaklarida tashkiliy samaradorlikka ta'sir ko'rsatadigan strategik ahamiyatga egamasalalarni tushuntirish dasturlarini ishlab chiqish;

Tashkilot faoliyatlarini yaxshilaydigan va unga  ijobiy o’zgarishlar kiritadigan kadrlar tayyorlash.

 

Xalqaro miqyosda e'tirof etilgan magistratura dasturi sizning martabangizni yuqori darajadagi lavozimlarga ko’tarish jarayonini  tezlashtiradi, shu bilan birga,  ko'plab tijorat va xizmat ko'rsatish tashkilotlarida yuqori darajali menejer sifatida ishlash imkoniyatini oshiradi.

Siz strategik boshqaruv bilimlaringizni, malakangizni va kasbiy muammolarni hal qilish qobiliyatingizni rivojlantirish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Shuningdek, xalqaro menejment amaliyoti, biznes madaniyatini samarali rivojlantirish va ishlash jarayonini yaxshilash yo’llari bilan tanishasiz.

MBA nomzodning tajribasiga tayanib, mukofotning amaliy mazmunini tan olish uchun mo'ljallangan.

 

Mutaxassislik bo’yicha dasturlar:

  • Moliya yo’nalishida MBA
  • Marketing yo’nalishida MBA
  • Kadrlar boshqaruvi yo’nalishida MBA
  • Ta’minot zanjiri boshqaruvi yo’nalishida MBA
  • Mehmonxona boshqaruvi yo’nalishida MBA.

 

 

Dastur Rejasi:

Har bir MBA dasturi 8 moduldan iborat: 7 ta asosiy fan va dissertatsiya.

 

Ta’lim maskani:

Toshkentdagi Singapur Menejmentni Rivojlantirish Instituti.

 

Dastur Davomiyligi:

Har bir yo’nalishning dastur davomiyligi 15 oyni tashkil etadi.