“Ta’lim to‘g’risida”gi qonunnig targ'iboti

Joriy yilning 24-sentabr kuni Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida ZOOM ilovasi orqali rektor boshchiligida va hodimlar ishtirokida onlayn majlis bo‘lib o‘tdi. Unda 2020-yilda qabul qilingan “Ta’lim to‘g’risida”gi yangi qonunning targ’ibot ishlari olib borildi. Qonunning mazmun-mohiyati xodimlar tomonidan qizg’in muhokama qilinib, uning doirasida Institut tomonidan amalga oshiriladigan rejalar belgilab olindi.

 Shu bilan birga, Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyadagi nutqi takroran namoyish etildi va bu borada ham majlis ishtirokchilari o‘zaro fikr almashdilar.

Qonun bilan batafsil quyidagi havola orqali tanishishigiz mumkin:

https://lex.uz/docs/-5013007