REKTORNING MUROJAATI

Dr. J.Salikhov

Rector

 

REKTORNING MUROJAATI

Hurmatli hamkasblar, talabalar va ota-onalar,

Singapur menejmentni rivojlantirish institutiga xush kelibsiz.

TSMRI – Singapur Menejmentni rivojlantirish institutining Toshkent shahridagi kampusidir. Ushbu fililal Prezidentning 2007-yil 5-sentyabrdagi 691-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Institut har tomonlama rivojlangan va malakali kadrlar bilan ta'minlaydi, iqtisodiyotning turli boshqaruv, bank va moliya, turizm, sanoat boshqaruvi, biznesda axborot texnologiyalari va boshqa sohalarida yuqori malakali mutaxassislarni yetishtiradi.

 

Nisbatan qisqa vaqt ichida institutimiz muhim yutuqlarga erishdi, jumladan quyidagilar:

 

Onlayn boshqaruv tizimi

 

TSMRI onlayn qabul jarayonini, elektron dars jadvallarini, avtomatlashtirilgan kuzatish tizimlarini birinchilar qatorida joriy etgan va singapurlik hamkasblar bilan kelishgan holda innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo’llashni asosiy maqsad qilgan.

Talabalar va dasturlarning sonini kengaytirish

TSMRI abiturient  qabul qilish  hajmini 270 dan 700 dan oshiq talabaga (2015-yil hisobi bo’yicha)  kengaytirdi. 2008-yilda faqatgina uchta yo’nalish mavjud bo’lgan bo’lsa, hozirga kelib, 2500 dan ziyod  talabalar 10 ta fakultetning  turli yo'nalishlarida ta’lim olmoqda.

TSMRI O’zbekistonda xalqaro magistratura yo’nalishini taqdim etgan ilk ta’lim muassasasi bo’ladi. Ushbu magistratura dasturi o’z ichiga masofaviy ta’lim tizimini ham kiritgan.

Xalqaro sifat sertifikati

TSMRI 2015-yilning aprelida O’zbekiston Respublikasida xalqaro sifat sertifikatini olgan birinchi oliy o'quv yurti bo'lishdan faxrlanadi. Sertifikat institut talabalarini jahon miqyosidagi ta'lim talablariga javob beradigan o’quv tizimini yaratish uchun poydevor bo’ldi.

Kelajakdagi maqsadlarimiz

Toshkent shahridagi SMRI talabchan yosh universitet. Har bir o'quvchini mamlakat farovonligi va rivojlanishiga hissa qo'shish uchun yuqori saviyali ilmiy tayyorgarlik bilan ta'minlashga intilamiz va buni asosiy maqsad qilib olganmiz.

Bundan tashqari, investitsiyalarni jalb qilish yo’li bilan, institutni  yangi texnologiyalar va jihozlar bilan boyitgan holda, ta’lim tizimini takomillashtirishni rejalashtirganmiz, shu bilan birga, yangi o’quv binosining qurilish ishlarini ham boshlab yuborganmiz.

TSMRIda ilmiy xodimlar va tadqiqotchilarning sonini ko'paytirish va ular tomonidan olib borilayotgan  ishlarning sifatini ta'minlash, mutaxassislar va talabalar tomonidan turli ilmiy tadbirlar sonini ko’paytirish orqali O’zbekiston miqyosida institutimizning darajasini yuksaltirish bizning asosiy istaklarimizdandir.

So’ngi so’z o’rnida aytib o’tish joizki, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti va O’zbekiston Bank Uyushmasining boshqaruv kengashi sifatida muhim roliga e'tibor qaratish maqbuldir. Ular institutimizning tashkil etilishi va shakllanishiga va u boshqaruv,  ilm-fan sohalariga mutaxassislar va amaliyotchilarni jalb qilishga katta hissa qo’shdilar.

Omadli kelajakka biz bilan erishing!

Hurmat va ehtirom ila,

Jasur Salihov, i.f.n., rektor.