Hamkorlik memorandumi
Joriy yilning 11-yanvar kuni Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida, “Global Education Career Center” (GECC) hamda “Goal Coast Education” (GCE) nodavlat ta’lim muassasasi bilan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Uchrashuvda anglashuv memorandumining talabalar va mutaxassislar uchun ta’lim va kasbiy rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilganligi, O‘zbekistonda bilimli va malakali kadrlarni tayyorlashda bevosita xizmat qilishi ta’kidlandi.
Qayd etish kerakki, memorandumda talabalarning ta’til paytlari Singapur, Koreya, Buyuk Britaniya va Germaniya kabi xorijiy mamlakatlarning yozgi maktablarida o‘qitish hamda malaka oshirish kurslarini tashkil etish orqali, xodimlarning malakasini oshirish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, hamkorlar o‘rtasida bunday kelishuvlarni bosqichma-bosqich rivojlantirib borish hamda istiqbolli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda ilk qadamlar qo‘yilganligi qayd etildi.