5 November 2025
254
Yangi vakansiya
Talaba-yoshlarni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning shaxsiy-kasbiy rivojlanishiga yaqindan yordam berish, talabalar bilan individual ishlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti tajribali tyutorlarni ishga taklif qiladi.
Malaka talablari:
- Oliy ma’lumotga (bakalavr) ega bo‘lish (ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega bo‘lish afzalliklar beradi)
- Qonunchilik hujjatlariga muvofiq OTMlarda ishlash huquqidan mahrum etilmagan bo‘lishi;
- Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar uslubiyati va amaliyotini chuqur anglab yetgan, pedagogik-psixologik bilim va tajribaga ega bo‘lish;
- Namunaviy shaxsiy fazilatlarga, shu jumladan, madaniyatli, mas’uliyatli, kirishuvchan, vatanparvar va tashabbuskor bo‘lish
- Mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish
Lavozim vazifalari:
- Talabalarning “Odob-axloq kodeksi” va OTM ichki tartib-qoidalariga rioya etilishini kundalik nazorat qilish;
- Davomat va o‘zlashtirishni monitoring qilib borish maqsadida o‘ziga biriktirilgan talabalarning darslarini kuzatish;
- Talabalarning TTJiga joylashishi va/yoki ijarada yashashi yuzasidan monitoring olib borish;
- Talabalarning sha’ni, qadr-qimmati va obro‘sini hurmat qilish, ular haqidagi shaxsiy ma’lumotlarni ularning roziligisiz oshkor qilmaslik;
- Talabalar va ularning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni OTM nizomi, ichki tartib-qoidalari, “Odob-axloq kodeksi”, talabalar turar joyidan foydalanish qoidalari va ta’lim faoliyatini tartibga soluvchi boshqa hujjatlar bilan tanishtirish;
- Talabalar bilan bog‘liq favqulodda muammoli vaziyatlar yuzasidan zudlik bilan fakultet dekani va boshqa mas’ullarga axborot berish;
Faoliyat turi:
Fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida Dushanba-Juma 09.00-18.00 ish grafigi asosida
Arizalar hr@mdist.uz elektron pochta manziliga yuborilishi so’raladi
