TSMRI bilan birgalikda kasbni rivojlantirish va uni qo’llab-quvvatlash

Institut 2007 yilda tashkil etilganidan beri turizm va mehmondo‘stlik, bank va moliya, buxgalteriya hisobi, biznes va marketing, sanoat menejmenti, biznes va korxonalarni boshqarish, buxgalteriya hisobi va moliya sohalarida uch yarim mingdan ortiq mutaxassislarni tayyorladi.

Har yili institutyning barcha bitiruvchilari orasida so‘rov o‘tkaziladi. Ish bilan ta'minlanish to‘g‘risidagi ma'lumotlar so‘rovnoma orqali to‘planadi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri talabalar va ish beruvchilardan olingan ma'lumotlar bilan to‘ldiriladi.
TSMRI talabalarga kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga va kasbga oid to‘g‘ri maqsadlarni aniqlashga qo‘shimcha o‘qitish usullari — treninglar va maslahatlar orqali yordam beradi.

TSMRI talabalari va bitiruvchilarga kasbiy yo‘naltirish bo‘yicha turli seminar va mahorat darslarida, shuningdek interaktiv suhbat va institut qoshida bo‘lib o‘tadigan karyer yarmarkalarida hamda doimiy ravishda o‘tkazib turiladigan tadbirlarda qatnashish imkoniyati beriladi. Ta'kidlash joizki, TSMRIdagi barcha kasbga yo‘naltirishga oid tadbirlar O‘zbekiston iqtisodiyotining turli sohalarini: davlat sektori, bank-moliya sektori, marketing, sayyohlik va mehmonxonalar, shuningdek sanoat va xususiy tadbirkorliklar orasidan yuqori malakali mutaxassislar va maslahatchilar ishtirokida o‘tkaziladi. Shuningdek, chet ellik mutaxassislar ham faol ishtirok etishmoqda.

Bundan tashqari, TSMRI talabalarga O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan mahalliy va xalqaro kompaniyalarda amaliyot o‘tash imkoniyatini taqdim etadi. Amaliyot — bu zarur ko‘nikmalarni egallashning samarali usuli va talaba yoki bitiruvchining shaxsiy reytingini oshirish imkoniyatidir. Har yili TSMRI malaka oshirish markazi tomonidan olib boriladigan ichki statistik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘rtacha uch yoki undan ko‘p joyda amaliyotni tugatgan bitiruvchilarga mehnat bozorida boshlang‘ich ish haqi yuqori hisoblanadigan ishlar taklif etiladi.

TSMRI Kasbni rivojlanish markazi (PDC) talabalarga kelajakdagi kasbiy maqsadlarini aniqlash va rivojlantirish bo'yicha maslahatlar berish uchun mo'ljallangan. PDC bilan talabalar Karyera Markazi tomonidan taklif etiladigan turli ish qidirish strategiyalari, seminarlar va kasbiy rivojlantirish tadbirlari orqali karyera qurishda birinchi qadamlarini qo'yadilar.

TSMRI Karyera Markazi boʻsh ish oʻrinlarini eʼlon qilish, boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalarini oʻtkazish, ish beruvchi kompaniyalar bilan taqdimotlar va suhbatlar oʻtkazish orqali talabalar va bitiruvchilar uchun ish beruvchilarni qidiradi va ishga joylashish imkoniyatlarini yaratish kabi vazifalarni o’z ichiga qamrab oladi.

Talabalar amaliyoti

TSMRI turli ixtisoslashtirilgan tashkilotlarda talabalar amaliyotini tashkil etishda faol hatti-harakat olib boradi.

TSMRI O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan ham mahalliy, ham xalqaro tashkilotlarda ish tajribasiga ega bo‘lish istagida bo‘lgan 2, 3 va 4-bosqich talabalari uchun turli amaliyotlarni taklif qiladi. Amaliyotni o‘tash ish beruvchi tomonidan yaratilgan sharoitda zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lish va bitiruvchining ma’lumotnomasiga qo‘shimcha qiymat qo‘shishning bir yo’llaridan hisoblanadi. Ichki statistika shuni ko'rsatadiki, amaliyot o'tagan bitiruvchilarga unday tajribasi bo'lmagan bitiruvchilarga nisbatan ko'proq ish beruvchilar tomonidan yuqori boshlang'ich maosh taklif qilinadi.

Amaliyot yo'nalishlari

Amaliyotga yo'llanma olish uchun talaba maxsus anketa* to'ldirishi va uni Talabalarga xizmat ko’rsatish bo'limiga yuborishi kerak. Yozma so'rovni olgandan so'ng, imtihon guruhi talabaning hozirgi akademik maqomini tasdiqlaydi. Belgilangan hujjat asosida PDC bo’limi yo'llanma tayyorlaydi. Barcha jarayon yetti (7) ish kunidan oshmaydi.

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech