O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi tijorat banklarining birinchi ta’sis Qurultoyida 1995 yilning 28 iyulida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan.

O’zining huquqiy maqomi bo’yicha, O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi respublika tijorat banklarining ko’ngilli birlashmasi bo’lib, u banklarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularga har tomonlama ko’mak ko’rsatish maqsadida tashkil topgan notijorat, jamoat tashkilotdir. Hozirgi kunda Assotsiatsiya respublikaning 30 ta tijorat banklaridan, barcha banklar aktivlari ulushining 90%dan ortig’ini tashkil etadigan 20 ta tijorat banklarini birlashtiradi

Mustaqillik yillarida Banklar Assotsiatsiyasi o’zini tijorat banklarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, bank infratuzilmasini rivojlantirish va yangi turdagi sifatli moliyaviy xizmatlarni yaratish, bank hodimlarining kasbiy darajasini oshirish, bank qonunchiligini takomillashtirish, bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirishda tijorat banklarining sa’yi harakatlarini birlashtirish, aholining bank hamjamiyatiga bo’lgan ishonchini mustahkamlash kabi vazifalarni amalga oshira oladigan samarali tuzilma sifatida ko’rsatdi.

Banklar Assotsiatsiyasi tomonidan moliya bozorida sifat jihatdan yangi xizmatlarning to’liq spektrini ko’rsata oladigan 11 ta kompaniyadan iborat zamonaviy bank infratuzilmasi yaratildi.

O’zbekiston banklari Assotsiatsiyasi o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Qarorlariga, Vazirlar Mahkamasining Qarorlariga va O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech