Rektor qabulxonasi
|
TSMRI tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlarning sifatini yuqori darajada amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida barcha faoliyat turlarini nazorat qiladi.
|
Huquqshunos bo‘limi
|
Barcha yuridik masalalar bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi va shartnomalarni tayyorlash va amalga oshirish jarayonini nazorat qiladi.
|
Marketing bo‘limi
|
TSMRI umumiy o‘quv jarayoni, magistratura va bakalavr dasturlari haqida ma’lumotlar taqdim etilishini nazoratga oladi va uning ommalashishini amalga oshiradi.
|
Xalqaro ta'lim muassasalari bilan hamkorlik qilish bo‘limi
|
Professor-o‘qtuvchilar uchun xalqaro treninglar, xalqaro konferensiyalar tashkillashtiradi, talabalarning bilim saviyasini oshirish maqsadida xorijda malaka oshirish kurslarini tashkillashtiradi, shuningdek, chet el ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qiladi.
|
Tadqiqot va konsultatsiya markazi
|
O'qituvchilar, bitiruvchilar va talabalarga ilmiy-tadqiqot va konsalting sohasida ilmiy va kasbiy salohiyatni rivojlantirishda professional yordam ko'rsatadi. Institut uchun tadqiqot va innovatsiya salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan biznes-korxona va jamiyat bilan hamkorligini kuchaytirish bo'yicha faoliyat olib boradi. Shuningdek, Universitetning ilmiy madaniyatini chuqur yo'lga qo'yish maqsadida talabalar va professorlar hamjihatligida turli ilmiy loyihalarni amalga oshirishini bevosita qo'llab-quvvatlaydi.
|
Ma’lumotlar markazi
|
TSMRI bakalavriat va magistratura dasturlari, kirish imtihonlari, qabul qilish talablari, o‘quv to‘lovlari, o‘quv rejalari, ta’lim yo‘nalishlari, sertifikatlashtirish bo‘yicha to‘liq va zarur ma'lumotlarni olishda yordam beradi.
|
O‘QUV ISHLARI BO‘LIMLARI |
|
Dekan qabulxonasi
|
TSMRIda sifatli ta'limni ta'minlash maqsadida ta’lim va dasturlar bo‘yicha faoliyatni boshqaradi.
|
Professor-o‘qituvchilar bilan ishlash bo‘limi
|
TSMRIga professor-o‘qituvchilarni ishga qabul qilish va ularning ta’lim berish jarayonini nazorat qiladi.
|
Kurs rahbarlari
|
Hamkor universitetlar tomonidan tasdiqlangan sxemalar bo‘yicha ilmiy jarayonni nazorat qiladi.
|
Akademik dasturlar ishlab chiqarish va boshqarish bo‘limi
|
TSMRI uchun yangi dasturlarni ishlab chiqadi va tavsiya qiladi.
|
QABUL VA TALABALAR BILAN ISHLASH BO`LIMLARI |
|
Talabalarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi
|
Talabalarga turli xizmatlar ko‘rsatish va ularni qo‘llab-quvvatlash orqali talabalarning institutdagi hayotining va faoliyatining yaxshilanishiga xizmat qiladi |
Yoshlar bilan ishlash bo‘limi
|
Talabalarning darslardan keyingi bo‘sh vaqtlarini unumli, mazmunli va foydali o‘tishini ta’minlash maqsadida turli to‘garak va klublar faoliyatini olib boradi. Shuningdek, madaniy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy va sport-sog‘lomlashtirish yo‘nalishlarida tadbirlar tashkillashtiradi.
|
Markaziy rejalashtirish bo‘limi
|
Dars jadvallarini rejalashtirish bilan shug‘ullanadi.
|
Markaziy ro‘yxatga olish bo‘limi
|
Bakalavr va magistratura bo‘limlariga qabul ishlari, boshqa o‘quv yurtlaridan talaba qabul qilish masalalari va talabalarga diplom taqdim etish jarayonlarini o‘z ichiga qamrab oladi.
|
Imtihon natijalarini jamlash bo‘limi
|
Imtihon va unga oid barcha masalalar bilan shug‘ullanadi.
|
Kasbni rivojlantirish markazi
|
Talabalar va bitiruvchilarning karyera boshlashlariga mo‘ljallangan dasturlar, bandlikni ta’minlashda tegishli tavsiya va yo‘nalishlar bilan ta’minlash, shuningdek, talabalarni joylarda amaliyot o‘tashi uchun yo‘llanmalar bilan ta’minlaydi.
|
MOLIYA VA MA’MURIY MASALALAR BO‘LIMLARI |
|
Hisob-kitob bo‘limi
|
Institutning barcha moliyaviy masalalari bilan shug‘ullanadi, hamda moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishni o‘z zimmasiga oladi.
|
Kadrlar bo‘limi
|
Ish bilan ta'minlash siyosatini, tartiblarini va amaliyotlarini amalga oshiradi.
|
Sifatni ta’minlash bo‘limi
|
Umumjahon sifat na’minoti amaliyotlarini TSMRIda tadbiq etish hamda institutning sifat boshqaruv tizimini takomillashtirish uslublarini ishlab chiqadi va takliflar kiritadi.
|
Tibbiy xizmat bo‘limi
|
Talabalar va xodimlar uchun keng ko‘lamli shoshilinch tibbiy yordam xizmatlarini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, TSMRIda talabalar va xodimlarning farovonligini oshirishga xizmat qiladigan sanitariya tizimi faoliyatini nazorat qiladi |
O‘quv-resurs markazi
|
Kutubxona va uning xizmatlari bilan shug‘ullanadi.
|
Multimediya
|
Talabalarning multimediya loyihalarini amalga oshirish uchun yuqori sifatli uskunalar bilan ta’minlaydi. Institutning multimediyaga doir loyihalarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
|
Xafvsizlikni ta’minlash bo‘limi
|
TSMRI jamoasining barcha a’zolari va institutning mehmonlarini eng yuqori darajadagi xafvsizlik bilan ta'minlaydi.
|
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘limi
|
Institut o‘qituvchilari va ma’muriyat xodimlari uchun axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya uskunalari bilan ta’minlaydi va texnik xizmat ko‘rsatadi. Imstitut uchun dasturiy ta'minot ishlab chiqadi.
|