2016-yilda TSMRI to'rtta eng yirik yo’nalishlarining biri sifatida tashkil etilgan. Yo’nalishning ta’lim berish va ma'muriy jarayonlarining sifat standartlari barcha talablarga javob beradi. Ushbu yo’nalishda hozirgi kunda yigirma nafardan ziyod professor-o'qituvchilar ishlab kelmoqdalar. Shu bilan birga, yo’nalish quyidagi bakalavr dasturlarini o’z ichiga kiritadi: Biznes va Menejment, Biznes va Moliya Menejmenti, Biznes va Marketing Menejmenti, Sanoat Menejmenti hamda Biznes va Iqtisodiyot.
TSMRI ning Biznes va Menejment yo’nalishi ichiga kiritlgan bakalavr dasturlari rahbarlik, kadrlar tayyorlash, sifatni ta'minlash, marketing va kommunikatsiya kabi sohalarni rivojlantirishda yordam beradi.Biznes va Menejment yo’nalishiga talabalar tomonidan katta qiziqish bildiriladi.