TSMRI rahbariyati va xodimlari talabalarning va manfaatdor tomonlarimiz kutganidan yuqori bo‘lgan barcha o‘quv dasturlari va xizmatlarida sifat va mukammallikni ta’minlashga intiladi.
Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (TSMRI) sifatli va samarali ish hamda o‘quv muhitini ta’minlashga intiladi. Bu muhit intellektual va akademik erkinlik, jamoaviy ish, mukammallikka intilish, professionallik, intizom va o‘z faoliyati (dasturlar/tadbirlar) hamda xizmatlarini doimiy ravishda yaxshilashga asoslanadi. TSMRI rahbariyati va xodimlari o‘z faoliyati (dasturlari/faoliyatlari) va xizmatlarini ISO 9001:2015 standarti asosida yaratilgan Sifat menejmenti tizimiga muvofiqligini ta’minlash uchun muntazam ravishda qayta ko‘rib chiqadilar.
TSMRI faoliyatlarining O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini ta’minlash maqsadida, TSMRI rahbariyati va xodimlari, shuningdek, barcha bo‘lim va maktablar o‘z ish faoliyatlarini va kasbiy vazifalarini qonuniylik, obyektivlik va xolislik tamoyillari asosida bajarishlari shart.
TSMRI rahbariyati sifat siyosatini amalga oshirish va qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash uchun uni turli yo‘llar bilan xodimlar e’tiboriga yetkazishni o‘z zimmasiga oladi. TSMRI xodimlari esa TSMRI Sifat qo‘llanmasi bilan tanishib chiqishlari va o‘z faoliyatlarida ushbu Sifat siyosatiga amal qilishlari lozim.