Ushbu bo’lim 2009 yilda “Ingliz tili bo’limi” sifatida tashkil topgan va 2016 yilda “Til va muloqot maktabi” deb nomlangan bo'lib, ikkita asosiy vazifani o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan:

  1. TSMRIga kirish ishtiyoqida bo’lgan abituriyentlarni kirish imtihonlariga tayyorlash;
  2. TSMRI talabalarini ingliz tili bilish darajasini ko’tarish.

Darhaqiqat, bo'lim xodimlari TSMRI talabalari bilan ularning dastlabki bosqichidan boshlab ishlaydilar va talabalik yillari davomida ularga yo’l-yo’riq ko’rsatib boradilar. Ingliz tili fanidan tashqari muloqot madaniyati va notiqlik san’ati kabi fanlarni o’qitish ham maktab zimmasiga yuklangan bo’lib, ular uchta akademik kursni (English Plus, English Advanced va Business Communication Skills ) o’z ichiga olgan dastur doirasida o’tiladi.    

English Plus va English Advanced modullarining maqsadi ingliz tilida akademik bilim darajasini oshirish uchun zarur bo’ldan shart-sharoitni yaratish  va talabalarning ham avtonom, ham jamoada tahsil olish va izlanishlar olib borish qobiliyatlarini rivojlantirishdir. Talabalar til ko'nikmalarini takomillashtirish bilan bir qatorda, akademik va funktsional ish yurutush uslublari o'rtasidagi farqni aniqlash orqali o'zlarining muloqot olib borish ko’nikmalarini rivojlantiradilar.

Muloqot madaniyati kursining asosiy maqsadi talabalarni turli xil biznes tashkilotlari va korxonalaridagi professional muloqot tartib-taomillari asoslari bilan tanishtirishdir. Talabalar intervyular va taqdimotlar paytida o'z fikrlarini samarali va aniq tarzda yetkazish, rasmiy xatlar va elektron xatlarni yozish, muloqot maxoratini qo'llash orqali  ta’lim olsh, ish qidirish va ish bilan bog'liq jarayonlar samaradorligini oshirish bo'yicha muhim bilim va ko'nikmalarni egallaydilar.

O’quv jarayonida doim talabalar manfaatini ko’zlash bizning maktabimiz  asosiy talablaridan biridir,  hamma o’qituvchilarimiz esa talabalarni keyingi biznes kurslarida muvaffaqqiyatli ta’lim olishlari uchun zarur bo'lgan akademik bilim va ko’nikmalar bilan ta'minlashga qodir faol va fidoiy mutaxassislardir. Hozirgi kunda jamoamizda 25 dan ortiq xodim, shu jumladan 6 nafar doimiy asosda ishlovchi o'qituvchi, 1 nafar taklif qilingan chet ellik o'qituvchi va 20 dan ortiq soatbay ishlovchi  o'qituvchilar mavud.

Bundan tashqari, Til va muloqot maktabi “MDIST Professional Cetrificate in English” nomli dastur asosida ingliz tili tayyorlov kurslarini boshqaradi. Bu kurslar  ingliz tilida so'zlashish va tilni o’rganishni rag’batlantiruvchi o’ziga xos ijobiy muhit yaratib berishi va muntazam ravishda o’quvchilar bilim o’zlashtirishi va yutuqlarini kuzatib borishni ta’minlashi bilan ajralib turadi. Kurs beshta blok modulni (Elementary; Pre-intermediate; Intermediate; Academic English I; and Academic English II) o'z ichiga olgan bo’lib, ular CEFRL (Common European Framework of Reference for Languages) ingliz tilini o'rganish xalqaro standartiga va xalqaro test tizimlari va  formatlari (IELTS, TOEFL, Kembrij testlari)ga asoslangan.

Tayyorlov kurslarining afzalliklaridan biri shundaki, darslar TSMRIning katta tajribaga ega bo'lgan, institutning birinchi kurs dasturlarida dars beruvchi   o'qituvchilar tomonidan o'tkaziladi. Tayyorlov kurslarida tahsil oluvchilar  zamonaviy materiallardan foydalanish imkoniyatiga ega boladi, interaktiv material va mashg’ulotlar esa o’qish jarayonini yanada qulay va oson qiladi. Shuningdek, kurs tinglovchilari, ingliz tilida so'zlashishni yaxshilash, talabalar hayotiga qo'shilish va o'quv tajribalarini oshirishga yordam beruvchi qo'shimcha imkoniyatlardan foydalanishlari mumkin. Ushbu imkoniyatlar quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • Institut akademik tadbirlarida qatnashish
  • Notiqlik klubiga a’zolik
  • Ta'lim resurs markaziga a'zolik
  • Kompyuter laboratoriyalaridan foydalanish 

Tatyana Soxrannaya

Lavozim: Til va Muloqot Maktabi Direktori,Yetakchi o’qituvchi Mansubligi: Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti Maktab / Bo'lim: Til va muloqot maktabi Email: tsokhrannaya@mdis.uz

Yelena Khanzadyan

Lavozim: Katta o’qituvchi Mansubligi: Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti Maktab / Bo'lim: Til va muloqot maktabi Email: ekhanzadyan@mdis.uz

Nargiza Abduraxmanova

Lavozim: Katta o’qituvchi Mansubligi: Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti Maktab / Bo'lim: Till va muloqot maktabi Email: nabdurakhmanova@mdis.uz

Nigora Tursunbekova

Lavozim: Katta o’qituvchi Mansubligi: Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti Maktab / Bo'lim: Til va muloqot maktabi Email: ntursunbekova@mdis.uz

Murad Ismailov

Lavozim: Katta o’qituvchi Mansubligi: Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti Maktab / Bo'lim: Til va muloqot maktabi Email: mismailov@mdis.uz

Arturo Morales T .

Lavozim: Taklif etilgan lector Mansubligi: Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti Maktab / Bo'lim: Til va muloqot maktabi Email: amorales@mdis.uz
APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech