8 Oktyabr 2021
1761
TSMRI VAKILLARI "O'ZTEXTILEPROM" VA "GIZ" TOMONIDAN TASHKILLASHTIRILGAN "FASHION INCUBATOR TASHKENT" (FIT)NING TAQDIMOTI BO'LIB O'TGAN RASMIY DAVRA SUHBATIDA ISHTIROK ETDILAR
TSMRI vakillari 8-oktabr kuni "O'ztextileprom" va "GIZ" tomonidan tashkillashtirilgan "Fashion Incubator Tashkent" (FIT)ning taqdimoti bo'lib o'tgan rasmiy davra suhbatida ishtirok etdilar.
FIT loyihasi O'zbekistonda moda tadbirkorligi targ'ibotining yangi vositasi sifatida hamda "Kuchli moda namoyishlarini taqdim etish va Toshkent shahrini modaning hududiy poytaxti sifatida tanitish uchun shart-sharoitlar yaratish" maqsadida taqdim etildi.
Ta'kidlash joizki, TSMRI hozirda GIZ bilan FIT loyihasi ustida, Moda mahsulotlari va targ'iboti maktabi (Fashion Lab) hamda TSMRI Biznes Inkubatorining loyiha ishtirokchilarini ko'p tomonlama qo'llab-quvvatlab turishlari jihatidan maqsadli hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha muzokaralarni olib borishmoqda.