25 Avgust 2021
1572
UMUMTA'LIM MAKTABLARI O'QUVCHILARI HAMDA BIRIKTIRILGAN MAHALLA YOSHLARI UCHUN “RESTORAN ISHI” YOZGI KURSI TASHKIL ETILDI.
2021-yil 13, 14 va 21-avgust kunlari Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti tomonidan Chilonzor va Mirobod tumanlarining umumta'lim maktablari o'quvchilari hamda biriktirilgan mahalla yoshlari uchun “Restoran ishi” yozgi kursi tashkil etildi.
Treningni Xalqaro va mahalliy mehmonxonalar tarmog'ida 10 yildan ortiq tajribaga ega bo'lgan va restoranlarni boshqarish bo'yicha mutaxassis Otabek Kattabekov olib bordi.
Tadbir davomida yosh tinglovchilar oziq-ovqat va ichimliklar xizmati - asoslari, ofitsiantning asosiy vazifalari va majburiyatlari, telefon orqali suhbatlashish madaniyati, ofitsiantning shaxsiy buyumlari nimalardan iborat va ulardan foydalanish, F&B savdo shoxobchalari, F&B xizmat ko'rsatish uskunalari, stolni bezatish turlari haqida bilim va ko’nikmalarga ega bo’ldilar.
Treningni muvaffaqiyatli yakunlagan, barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlandilar.