22 Iyul 2022 1461

ALOQAVENTURES DIREKTORI O'RINBOSARI BILAN ONLAYN SUHBAT.

2022-yil 22-iyul kuni TSMRI Biznes inkubatori va IT Park hamkorligida “AloqaVentures” jamg‘armasi direktori o‘rinbosari janob Azizbek Azizov bilan onlayn suhbat bo‘lib o‘tdi.

Jonli atmosferada o’tgan muhokamalar davomida janob Azizbek Azizov venchur moliyalashtirish, moliyalashtirish usullari, investitsiya bosqichlari va startaplar mezonlari bo‘yicha o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Ishtirokchilar venchur fondi orqali startapga investitsiyalarni qanday jalb qilish, startaplarga qanday talablar qo‘yilishi va "AloqaVentures" jamg'armasi talabalar uchun startaplar qanday moliyalashtirish imkoniyatlari mavjudligi haqida ma’lumotga ega bo’ldilar.

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech