25 Sentyabr 2024 52

TSMRI VA MARKAZIY BANK VAKILLARI O'RTASIDA UCHRASHUV BO'LIB O'TDI

TSMRI va Markaziy Bank vakillari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi

Joriy yilning 13-sentabr kuni Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki raisi o‘rinbosari Ulug‘bek Nosirov hamda ular boshchiligidagi mutaxassislar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan TSMRI talabalariga imtiyozli stipendiyalar ajratish masalasi, talabalarning nazariy bilimlarini oshirish va mustahkamlash maqsadida Markaziy Bank va uning viloyat boshqarmalarida amaliyot o'tash jarayonlarini tashkil etish hamda Markaziy Bank boshchiligida TSMRI va tijorat banklari o'rtasida hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish masalalari o'rganildi.

Ta'kidlash joizki, bu jarayonlar talaba yoshlarimizni bilim olishida qulaylik yaratish, kelgusida ish bilan ta’minlangan holda yetuk kadr bo'lib shakllanishida va professional faoliyatini boshlashda dasturilamal bo'lib xizmat qiladi.

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech