“CAREER FAIR 2022 ” MEHNAT YARMARKASI.
Joriy yilning 28-aprel kuni Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida yuqori bosqich va bitiruvchi talabalar uchun bahorgi “Career Fair 2022 ” mehnat yarmarkasi o'tkazildi.
Tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad Institut talabalari va bitiruvchilar orasidan ish beruvchi tashkilotlar uchun yuqori malakali kadrlar topishda ko'maklashishdan iborat edi. Mehnat yarmarkasida iqtisodiyotning turli tarmoqlardan tashrif buyurgan 107 ta tashkilot ishtirok etishdi.
Kun tartibidan talabalar va bitiruvchilarga bo'sh ish o'rinlari haqida ma'lumotlar berish uchun turizm va mehmondo‘stlikni boshqarish, bank va moliya, buxgalteriya hisobi, biznes va marketing, sanoat boshqaruvi sohalarida faoliyat yurituvchi xalqaro va mahalliy tashkilotlar tomonidan amaliyot hamda ishga yollash bo'yicha taqdimotlar kabi qator tadbirlar o'rin oldi.