4 Mart 2022 2396

GLOBAL VA STRATEGIK TADQIQOTLAR MARKAZI (GSTM) IJROCHI DIREKTORI JANOB XOLID TAIMUR AKRAM VA TOSHKENT SHAHRIDAGI “TARAQQIYOT STRATEGIYASI” MARKAZI IJROCHI DIREKTORI JANOB ELDOR TULYAKOVLAR TOSHKENTDAGI SINGAPUR MENEJMENTNI RIVOJLANTIRISH INSTITUTIGA RASMIY TASHRIF BILAN KELISHDI.

Joriy yilning 2-mart kuni Islomobod shahridagi Global va strategik tadqiqotlar markazi (GSTM) ijrochi direktori janob Xolid Taimur Akram va Toshkent shahridagi “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori janob Eldor Tulyakovlar Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutiga rasmiy tashrif bilan kelishdi.

TSMRI va Global va strategik tadqiqotlar markazi (GSTM) oʻrtasida imzolangan memorandum doirasida turli sohalarda, jumladan, tadqiqot va nashrlar, ilmiy izlanishlarni ragʻbatlantirish, almashinuv dasturlari, bilimlarni boshqarish, oʻquv hamda malaka oshirish dasturlari boʻyicha hamkorlikni muhokama qilishdi va kelishuvlarga erishildi.

Uchrashuvda janob Xolid 2021-yil oktabr oyida boʻlib oʻtgan Prezident saylovidan soʻng eʼlon qilingan Janobi Oliylari, Prezident Shavkat Mirziyoyev toʻgʻrisidagi 1- to'plamni taqdim etdilar. Minnatdorchilik tariqasida janob Eldor Tulyakov yangi nashrdan chiqqan "2022-2026 yillarda Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasi" davlat dasturini taqdim etdilar.

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech