“MDIS TOSHKENT” MChJ “PERSON HUNTERS” MChJ BILAN ANGLASHUV MEMORANDUMUNI IMZOLADI.
2021-yil 10-noyabr kuni institutimiz hamda “Person Hunters” MChJ oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi, uning asosiy maqsadi tashkilotlar oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va TSMRI talabalari hamda bitiruvchilarini uchun ishga joylashish imkoniyatlarini yanada kegaytirishdan iborat.
Imzolangan bitim stajirovkalarni tashkil etish, kasbga yo‘naltirish bo‘yicha maslahatlar berish va mehnat bozorini o‘rganish bo‘yicha qator tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadi.
Alohida e'tibor bizning hamkor universitetlarimiz - Teesside va Sunderlend universitetlari tomonidan taqdim etilib kelinayotgan Inson resurslarini boshqarish yo'nalishi talabalari va bitiruvchilarga qaratiladi.
Institut bitiruvchilari va talabalarining qiziqishlariga ko‘rsatilgan e`tibor hamda samarali hamkorlik uchun “Person Hunters” kompaniyasi bosh direktori Yuliya Yakovleva xonimga, va bosh direktor o‘rinbosari janob Dmitriy Ryabichenkoga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.