1 Noyabr 2023 1132

FASHION INCUBATOR TASHKENT (FIT) LOYIHASI ISHTIROKCHILARI TAQDIRLANISHDI

Fashion Incubator Tashkent — moda sanoatidagi startaplar uchun moʻljallangan loyiha boʻlib, iqtidorli yosh dizaynerlar va moda tadbirkorlariga kuchli brend yaratish hamda milliy va xalqaro bozorlarda raqobatbardosh boʻlish uchun oʻz biznesini rivojlantirishga koʻmaklashishga qaratilgan. 

Loyiha Germaniya iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi (BMZ), Oʻzbekiston “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi nomidan GIZ global dasturi hamda Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti tashabbusi bilan amalga oshirildi.

Ushbu loyihaga 2022-yilda start berilib, ishtirokchilar uchun o‘ziga xos chorlov vazifasini bajara oldi. Loyihaning maqsadi moda g'oyasini ijodiy yo'nalishdan to'laqonli biznesga aylantirish bo‘lib, bir necha oy davomida saralash bosqichlaridan o‘ta olgan ishtirokchilar trening-seminarlar, moda bo‘yicha turli tadbirlarda ishtirok etishdi hamda jami 150 soatlik o‘quv va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etishdi.

Loyihada TSMRI talabalaridan tashqari o‘z brendiga ega modelyerlarning ishtirok etgani e’tiborga molik. Jumladan, “Omio Dio”, “NTBN”, “Albina Ahmadi”, “Amora”, “Upcycling”, “DADO”, “Sabah”, “Tairzade” va “White Lab” brendlari asoschilari loyihada imkoniyatlarini sinab ko‘rishdi.

Joriy yilning 31-oktabr kuni TSMRIda loyihani muvaffaqiyatli yakunlaganlarga sertifikatlar topshirildi. Marosimni institut rektori doktor Ilhom Mamatkulov ochib berdi. Shuningdek, marosimda GIZ vakili – Gina Burgard va ushbu dastur bo‘yicha hamkorlar – “O‘zto‘qimachiliksanoat” aksiyadorlik jamiyati – Kamola Gudyamova Xalitovna (rais maslahatchisi) nutq so‘zladi.

Shuningdek, marosimda faxriy mehmonlar — “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi raisining xorijiy maslahatchisi Yokut Shmid hamda O‘zbekiston yosh dizaynerlar kengashi raisi — Dilnoza Umurzoqova ishtirok etishdi.

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech