24 Sentyabr 2024 185

JORIY YILNING 24-SENTABR KUNI "HYATT REGENCY" MEHMONXONASIDA O‘ZBEKISTONDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISHGA QO‘SHGAN HISSASI UCHUN "TURIZM FIDOYISI" KO‘KRAK NISHONINI TOPSHIRISH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI.

Joriy yilning 24-sentabr kuni "Hyatt Regency" mehmonxonasida O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun "Turizm fidoyisi" ko‘krak nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov ochib berdi.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rahbariyati, faxriy mehmonlar, vazirlik va idoralar hamda mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. Ulardan bir guruhiga “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni tantanali tarzda topshirildi.

Eng quvonarlisi, institutimiz rektori doktor Ilhom Mamatkulov ham “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Shu fursatdan foydalanib, institutimiz rektori doktor Ilhom Mamatkulovni mazkur unvonga sazovor bo‘lganligi bilan muborakbod etamiz. Kelgusidagi faoliyatlariga muvaffaqiyat tilab, yanada yuqori cho‘qqilarni zabt etishini tilab qolamiz.

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech