KELAJAK SARI ISHONCH BILAN
Chilonzor tumanidagi 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini kasbga yo‘naltirish hamda oliy ta’lim muassasalariga kirish qamrovini oshirish maqsadida Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida qarshi olindi.
Tashrif buyurgan mehmonlarga Institut bo‘ylab sayohat uyushtirildi. Tadbir davomida yoshlar bilan yaqindan suhbatlashildi. Suhbatda yoshlarning qiziqishlari, kelajak rejalari haqida qiziqib, kasb tanlashda ahamiyat qaratish muhim bo‘lgan jihatlar hususida tegishli maslahatlar berildi. So‘ngra, mas’ul xodimlar institutdagi yo‘nalishlar, O‘quv resurs markazi, Sport majmuasi, talaba-yoshlarga yaratilgan sharoitlar, laboratoriyalar haqida qiziqarli ma’lumotlar berishdi.
Shuningdek, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari Institut psixologi tomonidan o‘tkazilgan seminarda faol qatnashishdi. Tarbiyalanuvchilar Institut faoliyati bilan yaqindan tanishib, iliq taassurotlar bilan qaytishdi.