“SAFIA CAFÉ & BAKERY” FABRIKASIGA TSMRI TALABA QIZLARI TASHRIF BUYURISHDI.
2022-yil 6-may kuni Toshkent shahridagi “Safia Café & Bakery” fabrikasiga “Ayollar imkoniyatlarini kengaytirish va yetakchilik” bo‘limi (WEL) yetakchisi D.Murodova xonim boshchiligidagi TSMRI talaba qizlari tashrif buyurishdi.
Safia Café & Bakery asoschisi Ayyupova Madina Kamolovna va kompaniya direktori, MDIS Toshkent bitiruvchisi Bekzod Samigjonovlar talabalarni samimiy qutlab, ularni zavod mahsulotlari va binolari bilan tanishtirdilar.
Uchrashuv avvalida korxona rahbari talabalarga korxona tarixi, ular duch kelgan va yengib o‘tgan qiyinchiliklar, mijozlarning fikr-mulohazalarini sinchiklab o‘rganish orqali bilim va ko‘nikmalarni doimiy ravishda yangilab borish muhimligi va albatta xodimlarni ishga qabul qilish, ularning kasbiy malakasini oshirish, kompaniya rivojlanishida moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishning o‘rni.
Shundan so‘ng talabalar barcha bosqichlarda zavod bo‘limlari va pishirish jarayonini kuzatishdi.
Tashrif yakunida D.Murodova xonim va talabalar institut ta’sischilariga institut nomidan minnatdorchilik bildirdilar.