15 Noyabr 2021 1995

TSMRI ISO 9001:2015 STANDARTI BO‘YICHA QAYTA SERTIFIKATLASH AUDITIDAN MUVAFFAQIYATLI O‘TDI.

TSMRI ISO 9001:2015 standarti bo‘yicha qayta sertifikatlash auditidan muvaffaqiyatli o‘tdi.
2021-yil 17-noyabr kuni TMSRI rasmiy ravishda ISO 9001:2015 sertifikatini oldi. Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti tomonidan berilgan ISO 9001:2015 sertifikati ma'lum bir tashkilot o'z mijozlari va boshqa manfaatdor tomonlarning ehtiyojlarini qondirishi va shu bilan birga tarmoq miqyosidagi standartlarga mos kelishini kafolatlaydi.
Sertifikatlash jarayoni 2021-yil avgust oyida boshlangan va Xalqaro standartlashtirish tashkilotiga aʼzo boʻlgan uchinchi tomon sertifikatlash tashkiloti “SGS Tashkent Ltd” tomonidan oʻtkazilgan.
1878-yilda Shveytsariyada tashkil etilgan SGS inspeksiya, tekshirish, sinov va sertifikatlashtirish bo'yicha dunyodagi yetakchi kompaniya hisoblanadi. Butun dunyo boʻylab 1650 ta ofis va laboratoriyalar tarmogʻida 80 000 dan ortiq xodimga ega SGS tomonidan oʻrnatilgan qatʼiy standartlar uzoq vaqtdan beri sifat menejmenti tizimlari haqida gap ketganda global mezon sifatida eʼtirof etilgan.
2015-yilda TSMRI O‘zbekiston Respublikasidagi xalqaro sifat sertifikatini qo‘lga kiritgan birinchi oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Shundan so‘ng, qayta sertifikatlash 2018-yil avgust hamda 2021-yilning avgust oylarida boʻlib oʻtdi.
TSMRI SGS kompaniyasi va uning auditorlik guruhiga fidoyilik va sodiqlik uchun samimiy minnatdorchilik bildiradi va ularning kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.
APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech