27 Fevral 2022
2311
SPORTNING QILICHBOZLIK TURI BO'YICHA YOSHLAR VA O'SMIRLAR O'RTASIDA OSIYO CHEMPIONATI BO'LIB O'TMOQDA.
Joriy yilning 24 fevral - 3 mart kunlari Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida sportning qilichbozlik turi bo'yicha yoshlar va o'smirlar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda va unda yosh sportchilar FIE xalqaro reytingida ochkolar yig'ish uchun qilichbozlikning uch qurol turlari: sablya, rapira hamda shpaga bo‘yicha bahslashishmoqda.
Ushbu ajoyib tadbir O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo‘mitasi ko‘magida tashkil etilmoqda.
Osiyoning eng yaxshi qilichbozi nomi uchun 25 davlatidan 400 nafardan ortiq sportchilar kurash olib bormoqdalar. Unda O‘zbekiston sharafini Zaynab Daybekova, Sherzod Mamutov, Fozilbek Genjebayev, Ilyos Molina, Anvarxon Solixo‘jiyev va boshqa o'smirlar himoya qilmoqdalar.
Xalqaro hay'at vakillari tarkibidan jahon miqyosida tan olingan hakamlar: Aleksey Kuznetsov (Kanada), Arslan AbduSamet (Turkiya), Mixail Pagiev (Moldova), Natalya Juravleva (Rossiya), shuningdek, O'zbekistonlik xalqaro toifadagi hakamlar Xasanova Aida, Bo'riyev Ortiq, Dilorom Turdiqulova, Ibragimov Rustam, Sharipov Xalilullo, Andreeva Margarita, Knyazev Igor va Aleksandrov Romanlar joy olgan.