7 Mart 2022 1093

8-MART — XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI BAYRAMI KO‘TARINKI RUHDA TASHKIL ETILDI.

2022-yilning 7-mart kuni Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Bayramni ertalab institutining faol yigit talabalari va xodimlari tomonidan ayol-xodimlar va talaba-qizlarga gul bilan kutib olinish marosimidan boshlandi. So‘ngra "Kok choy" vokal instrumental ansambli tomonidan ajoyib konsert dasturi ijro etildi. Aziz va motabar ayol-xodimlar uchun bayram dasturxoni tashkil etildi. Tadbir ishtirokchilari tomonidan hayotimizni iliqlik, go‘zallik va g‘amxo‘rlik bilan to‘ldiradigan xotin-qizlarimizga qaratilgan minnatdorchilik, tabriklar va tilaklar bir necha bor yangradi.
Bugungi tadbirga tashrif buyurgan barcha kishiga quvonch, muhabbat va bahor kayfiyati yor bo‘ldi. Tadbirda yangragan barcha istaklar har bir xotin-qizlarimizning yuzlarida quvonch, tabassum va minnatdorchilik tuyg‘ularini uyg‘otishga xizmat qildi.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz va muqaddas ayollar!
APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech