18 Iyun 2022
1444
“Yozilgan va yozilmagan qoidalar” mavzusida psixologik seminar-trening o‘tkazildi.
Joriy yilning 16-iyun kuni Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida mahallabay ishlash bo‘yicha institut psixologi tomonidan“Yozilgan va yozilmagan qoidalar” mavzusida psixologik seminar-trening o‘tkazildi.
Unda Chilonzor tumanidagi “Katta Do‘mbirobod” MFY yoshlari insonning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, qabul qilingan umumiy normalar hamda jamiyatda yozilgan va yozilmagan qoidalar yuzasidan bilim va ko‘nikmalar berildi. Seminar davomida yoshlar faol ishtirok etib, savol-javoblar qizg‘in tarzda tashkil etildi.