11 Aprel 2022 1095

QABUL VA TALABALAR BILAN ISHLASH BO'YICHA KATTA MENEJERI NOSIRJON SOBIROV CHILONZOR TUMANIDA JOYLASHGAN 217-MAKTABGA TASHRIF BUYURDI.

2022-yilning 6-aprel kuni Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti Qabul va talabalar bilan ishlash bo'yicha katta menejeri Nosirjon Sobirov Chilonzor tumanida joylashgan 217-maktabga tashrif buyurdi.

Tashrifdan maqsad TSMRI ga biriktirilgan maktab bitiruvchilari bilan suhbat o'tkazish bo'ldi.

Suhbat davomida N.Sobirov hamda yoshlar OTMni tanlash, kasbni to'g'ri tanlash, kadrlarga qo'yiladigan talablar va yurtimizda yoshlarga berilayotgan keng ko'lamdagi imkoniyatlar haqida fikr almashishdi, shuningdek maktab direktori Nargiza Tursunovna bilan kelgusida amalga oshirilishi kerak bo'lgan vazifalarni belgilab olishdi.

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech