15 Oktyabr 2024 206

TSMRI TALABALAR IMKONIYATLARINI KENGAYTIRISH MAQSADIDA “FINANCIAL COMPLIANCE SOLUTIONS” MCHJ BILAN ANGLASHUV MEMORANDUMINI IMZOLADI.

TSMRI talabalar imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida “Financial Compliance Solutions” MChJ bilan anglashuv memorandumini imzoladi.

15-oktabr kuni “Financial Compliance Solutions” MChJ direktori Davron Yoqubov va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, hamkorlikni mustahkamlash va talabalarimiz uchun amaliyot, mehmon ma’ruzalari, mahorat darslari va turli kelajakdagi tashabbuslar orqali ta’lim tajribasini boyitadigan hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida tomonlar o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Memorandum talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot orqali mustahkamlash bilan birga, ularni kelgusida mehnat bilan ta’minlashning samarali mexanizmi bo‘lib xizmat qiladi.

"Financial Compliance Solutions" kompaniyasiga hamkorlik uchun samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz.

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech