26 Sentyabr 2023 1349

HAMKORLIK MEMORANDUMI

2023-yilning 26-sentabr kuni Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti rektori I.A.Mamatkulov va  “Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar xalqaro assotsiatsiyasi raisi G.G.Maxmudova o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandumni imzolash rasmiy marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Ushbu hamkorlik memorandumining maqsadi Tomonlar biznes, menejment va turizm sohalarida informatsion va amaliy almashinuvni, shuningdek, ilmiy tadqiqotlar yo'nalishida hamkorlikni rivojlantirish, hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish va mustahkamlash, shuningdek tajriba almashish va o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashdir.

Mazkur Memorandum doirasida biznes, menejment, risklarni boshqarish, shuningdek, turizm va mehmondo'stlik, moda va dizayn sohasidagi eng dolzarb muammolarni hal etish maqsadida qo‘shma ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari, ko‘rgazma va treninglar o‘tkazish rejalashtirilgan. 

Bundan tashqari, Tomonlarning umumiy va sohaviy mavzulardagi tadbirlarda birgalikda ishtirok etishni, shuningdek, ularni amalga oshirish jarayonida o‘zaro manfaatlarni taqdim etilishi nazarda tutilgan.

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech