TSMRI jamoasi eko-aksiyada faol
TSMRI jamoasi eko-aksiyada faol
Joriy yilning 2-may kuni Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti talabalari, o'qituvchi va tyutorlari Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan Krasnogorsk qo'rg'onida o‘tkazilgan muhim voqea, eko-aksiyada ishtirok etishdi. Ushbu tadbirdan maqsad ekologik barqarorlikni oshirish, viloyatdagi ekologik vaziyatni yaxshilash va atrof-muhitni chiqindilardan tozalashga yordam berish bo'lib, ishtirokchilar hududni chiqindilardan tozalab, aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirishda faol ishtirok etishdi. Ta'kidlash joizki, eko-aksiya barqaror ekologik tizim yaratishda belgilangan tashabbuslarning bir qismi bo'lib, bu kabi sa'y-harakatlar ona tabiatni asrab-avaylashda ijobiy ta'sir ko'rsatadi va kelgusida ekologik barqarorlikga erishishda poydevor vazifasini bajarib berishini qayd etish mumkin.