10 Oktyabr 2023 733

OTA-ONALAR BILAN UCHRASHUV

Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti majlislar zalida birinchi bosqichga qabul qilingan talabalarning ota-onalari va institut rahbariyati o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda institut rektori I.Mamatkulov talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan talabalarning ota-onalarini tabriklab, oldinda muhim vazifalar turgani hamda to‘rt yillik muddat davomida institut va ota-onalar yoshlarning sifatli ta’lim olishlari uchun birgalikda harakat qilishlari lozimligini ma’lum qildi. Shuningdek, institut dekani va boshqa mas’ullar so‘zga chiqib, yig‘ilganlarga institutdagi shart-sharoitlar, tartib-qoidalar haqida ma’lumot berishdi.

Uchrashuv so‘ngida ota-onalar uchrashuv uchun minnatdorchilik bildirib, farzandlarining ta’lim olishlari uchun birdek harakat qilishlari haqida bildirishdi.

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech