2022 XALQARO MODA FORUMI
2022-yilning 14-aprel kuni TSMRIda moda, dizayn va to‘qimachilik sanoatiga bag‘ishlangan Xalqaro Moda Forumi 2022 bo‘lib o‘tdi.
Tadbir doirasida tashkil etilgan Xalqaro konferensiya to‘qimachilik sanoati, dizayn va moda sohalarida o‘zaro tajriba almashish maqsadida mahalliy va xorijiy sohaning yetakchi mutaxassislari, fan va biznes vakillarini birlashtirdi.
Tadbir doirasida tashkil etilgan modalar ko‘rgazmasida TSMRI moda va dizayn maktabining iqtidorli talabalari, O‘zbekiston va Qirg‘izistonning boshqa oliy o‘quv yurtlari vakili bo‘lgan yosh dizaynerlar, yuqori darajadagi brend va dizaynerlar o‘zlarining ajoyib kolleksiyalarini namoyish etdilar.
Bundan tashqari, tadbir ishtirokchilari “Moda mahsuloti va uning targ‘iboti” fakulteti hamda “Fashion laboratoriyasi”ga ekskursiya qilish hamda Moda va dizayn fakulteti talabalari tomonidan tashkil etilgan ijodiy ko‘rgazmani tomosha qilish uchun noyob imkoniyatga ega bo‘ldilar.
TSMRI ushbu tadbirga kuratorlik qilgani uchun “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va Germaniyaning xalqaro hamkorlik jamiyatiga (GIZ) samimiy minnatdorchilik bildiradi.
Moda forumi davra suhbati ma'ruzachilariga ajoyib taqdimot va muhokamalar uchun alohida minnatdorchilik bildiramiz:
Ilhom Xaydarov, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi boshqaruvi raisi (O’zbekiston)
Gina Burgard, Germaniyaning xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) loyiha menejeri (Germaniya)
Laurent Aucoturier, Gherzi tashkiloti maslahatchisi (Shveytsariya)
Shavkat Zayniddinov, “IDEAL” brendining yetakchi konstruktor-dizayneri (O‘zbekiston)
Shaxnoza G‘ulomova, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi dizaynni ishlab chiqish bo‘limi mutaxassisi, “Noooza” brendi asoschisi (O‘zbekiston)
Saidazim Fazilov, Moda va dizayn fakulteti o‘qituvchisi,TSMRI, GLAMOUR, PODIUM ITALIA ijodiy direktori | SAAZ STUDIO, LALI | MODA jurnali (O‘zbekiston)
Lola Saifi, “Human House” madaniyat markazi asoschisi (O‘zbekiston)
Yokut Schmid, O‘zbekiston Ipak sanoati vaziri maslahatchisi /O‘ZBEKIPAKSANOAT/, 2005 yildan beri WHYESSE moda brendi asoschisi, Akselerator loyihasi (Markaziy Osiyo), “Etik moda tashabbusi”, “Kambag‘al jamiyatlar va savdo dasturi” bo‘limi koordinatori, Davlat dasturlari, Xalqaro savdo markazi (O‘zbekiston)
Aynura Djoldoshova, texnika fanlari nomzodi, dotsent, Isxaak Razzakov nomidagi Qirg‘iziston Davlat texnika universiteti “Mahsulotlarni badiiy loyihalash” kafedrasi mudiri (Qirg‘iziston)
Hedi Markassoli, Sababa Security kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha boshqaruvchi direktori (Italiya)
Stefani Filinskaya, TSMRI moda va dizayn fakulteti moda mahsuloti va uning targ‘iboti fakulteti talabasi (O‘zbekiston)