5 Iyul 2024 1460

O'zbekiston banklar uyushmasi va MDIST grantlar taqdirlash marosimi

Joriy yilning 5-iyul kuni Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti rektori va talabalarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda yakunlangan o‘quv yili sarhisobi bo‘yicha eng yuqori baholarga erishgan hamda ijtimoiy faol bo‘lgan talabalarning 15 nafariga O‘zbekiston Respublikasi banklari assotsatsiyasi va TSMRI tomonidan ajratilgan grant sertifikatlari topshirilib to‘lov-kontrakt summasining 20% qoplab beriladigan bo‘ldi, keyingi yillarda bu ko‘rsatkich talabalarning bilim salohiyatidan kelib chiqib oshirilishi ko‘zda tutildi.

Shuningdek, uchrashuvda ta‘lim tizimi rivoji uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va qulayliklar yuqori baholanib, kelgusida bunday harakatlar yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishi qayd etildi.

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech