23 Oktyabr 2023 790

JAMOAVIY KUCH — NATIJAGA ERISHISH KAFOLATI

Insonlarni nima birlashtiradi? Ahillik, o‘zaro hamjihatlik, birga sayohat qilish va juda ko‘plab misollar bor. Men ular orasiga yana bir qo‘shimcha qilmoqchiman: biror yumushni bir jamoa bo‘lib, inoqlikda amalga oshirish va ko‘zlangan natijaga erishish. Bu orqali aloqalar mustahkalashib, jamoaviy ruh kuchayadi. Samaradorlikka birgalikda erishishga bo‘lgan ishonch ortadi.

Joriy hafta yakunida jamoamiz bilan jipslikda ana shunday ishlardan birini amalga oshirdik. Tarkibimizda professor-o‘qituvchilardan to ma’muriyat xodimlarigacha hamkorlikda oldimizda turgan vazifani muvaffaqiyatli bajardik. Undan so‘ng, barchamiz bir dasturxon atrofida tushlik qilib, chiroyli suhbat qurdik. Jarayon davomida kuzatdimki, yaxshi jamoa bilan qo‘rqmasdan katta qadamlar tashlasa bo‘ladi. Suhbat davomida barcha xodimlar bilan qizg‘in muloqot qildik.

Hurmatli do‘stlar, sizlarga ham shu kabi jarayonlarda ishtirok etishni tavsiya qilaman.

Dam olish kuningiz maroqli o‘tsin!

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech