9 Oktyabr 2024 129

TSMRI, TTPU VA SINGAPUR XALQARO MAKTABI O'RTASIDA UCH TOMONLAMA MEMORANDUM IMZOLANDI

TSMRI, TTPU va Singapur xalqaro maktabi o'rtasida uch tomonlama memorandum imzolandiTSMRI, TTPU va Singapur xalqaro maktabi o'rtasida uch tomonlama memorandum imzolandi
Joriy yilning 9-oktabr kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida TSMRI rektori Ilhom Mamatkulov va Singapur xalqaro maktabi direktori Tohir Hasanov hamda Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To'ychiyev o'rtasida uchrashuv tashkil etildi. TSMRI jamoasi va Singapur xalqaro maktabi vakillarini TTPU rektori Olimjon To'ychiyev kutib oldilar. Uchrashuv davomida universitetning o'quv amaliy faoliyati ko’zdan kechirildi, shuningdek, universitet faoliyati, xususan, talabalar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlanmalar va erishilayotgan yutuqlar bilan tanishtirildi.
Tadbir doirasida tashkil etilgan uchrashuv davomida hamkorlikda ilmiy-amaliy seminarlar, ishbilarmonlik uchrashuvlari, konferensiyalar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkil etish, yuqori malakali kadrlar va mutaxassislarni tayyorlash, tomonlar vakillari tomonidan tajriba va bilim almashish uchun ma'ruzalar o'tish hamda qo'shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. 
TTPU va TSMRI tomonidan Singapur xalqaro maktabida robototexnika yo'nalishi bo'yicha darslar tashkil etish bo'yicha muzokaralar olib borishga, robototexnika va texnologiya fanlari hamda fizika va kimyo fanlarining amaliy mashg'ulotlari TTPU malakali mutaxassislari bilan hamkorlikda tashkil etilishiga kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida ushbu yo'nalishlar bo'yicha tomonlar o'rtasida uch tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech