29 Sentyabr 2024 149

TSMRI VA UZBEKISTAN AIRPORTS O'RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

TSMRI va Uzbekistan Airports o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Joriy yilning 27-sentabr kuni Uzbekistan Airports AJ boshqaruvi raisi Javlonbek Umarxodjayev hamda ular boshchiligidagi mutaxassislar bilan Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti vakillari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda aeroport mutaxassislari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish, O'zbekiston aeroportlarida xizmat ko'rsatish darajasini yanada rivojlantirish uchun ustuvor ahamiyatga ega bo'lgan loyihalarni amalga oshirish hamda TSMRI ning yuqori kurs va bitiruvchi talabalari uchun stajirovkalar tashkil etish hamda talabalar uchun ish tanlash jarayonida ularning ilmiy salohiyati, bilim darajasi va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda ishga joylashishiga ko'maklashish kabi loyihalarni o'z ichiga oldi.

Shuningdek, yuqorida keltirilgan yo'nalishlarda hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tomonlar o'rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Memorandum talabalarni amaliyot orqali nazariy bilimlarini mustahkamlabgina qolmay kelgusida ularni ish bilan ta’minlashda samarali mexanizm vazifasini bajaradi.

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech