3 Fevral 2022 1991

CHILONZOR TUMANIDAGI 55 TA MAHALLA FUQAROLAR YIG‘INIDA ISTIQOMAT QILUVCHI O'QUVCHI YOSHLAR UCHUN EKSKURSIYA TASHKIL ETILDI.

2022-yil 2-fevral kuni Toshkentdagi Singapur Menejmentni Rivojlantirish Institutida Chilonzor tumanidagi 55 ta mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi o'quvchi yoshlar uchun ekskursiya tashkil etildi.Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq yoshlarni boshqarishning yangi mexanizmlarini joriy etish hamda fuqarolik jamiyati va yoshlar o'rtasida ta'limni rivojlantirishga qaratildi.
Chilonzor tumani Yoshlar masalalari bo‘yicha agentligi hamda mahallalar yetakchilari boshchiligida o‘tkazilgan tadbir institut bo'ylab kengaytirilgan ekskurisya ko'rinishida tashkillashtirilgan bo'lib,unda yosh o'quvchilar institutda yaratilgan shart-sharoitlar va o‘quv dasturlari bilan batafsil tanishtirildi.
APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech