AXBOROT XATI
"MICE sanoati - iqtisodiy rivojlanish omili"
Sana: 2020-yil 16-sentabr
Manzil: Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti
Festivalda ishtirok etish uchun havola: https://mdis.zoom.us/j/87171120366?pwd=cjZGUnAvaTZ6SEVqOEN1bVRwYkRzdz09
Vaqti: 12:00 (Toshkent vaqti bilan)
ID: 871 7112 0366
Maxfiy so‘z: mdist
MICE yo‘nalishi har qanday milliy turizm strategiyasining muhim qismidir va uni muhimligini anglab yetgan jahon mamlakatlarining iqtisodiy ko‘rsatkichlari ham dunyo miqyosida juda baland. COVID-19 ning boshqa sohalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita ta'siri: transport sohasi, aloqa va komunikatsiya, moliya sohasi, madaniyat, sog‘liqni saqlash va savdo sohalari.
MICE konferensiyasining maqsad va vazifalari:
- O‘zbekiston hamda xorijiy mamlakatlarda MICE sanoatining rivojlanish istiqbollarini o‘rganish;
- MICE sohasi bo‘yicha mutaxassislarini muhokama va tajriba almashishga jalb qilish;
- MICE sohasi bo‘yicha kadrlarni tayyorlash va ularni o‘qitish mezonlarini muhokama qilish.
Mavzular:
- O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarda MICE turizmining tobora ommalashib borishi;
- MICE sohasida raqobat juda yuqori: bu holatda nima qilish kerak?;
- MICE sohasi bo‘yicha faoliyat yurituvchi korxonalar chet ellik mehmonlarni qabul qilish jarayonida qanday qiyinchiliklarga duch kelishmoqda;
- Biznes bo‘yicha tadbir o‘tkazish tajribasi;
- Yuqori malakali, xalqaro darajadagi MICE menejerini qanday tayyorlash mumkin?;
- MICE sanoatining rivojlanishidagi asosiy to‘siqlar nimalardan iborat?;
- “Hammasi ichida” nomli tur xizmatlarni tashkil etishga talabning oshishi;
- Tadbirlarni tashkil etishda IT-texnologiyalarning ahamiyati;
- Ekotimbilding; (Eko jamoa bilan ishlash);
- Mahalliy xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga qo‘yiladigan talablar va ular bilan o‘zaro aloqalar;
- MICE turizimida investitsiyalarning ustuvor yo‘nalishlari;
- COVID-19 ning MICE sanoatiga ta'siri va uning oqibatlari;
- Pandemiya davrida MICE bo‘yicha buyurtma olish mumkinmi?;
- Pandemiyadan keyin MICE sanoatining muvaffaqiyatini tiklash uchun nima qilish kerak?;
Anjumanda taqdim etilgan tezislar va maqolalar to‘plamda nashr etiladi.
Anjuman tillari: o‘zbek, rus va ingliz.
Ishning o‘ziga xosligi kamida 80% bo‘lishi kerak.
Shrift: Times New Roman, 14; satr oralig‘i - 1 kenglikda belgilang. Maydonlar uzunligi 2 sm, standart xatboshi 1,25 sm.
Ariza berish shakli:
- sarlavha
- qisqa mazmuni (Annotasiya) (500-600 so‘z)
- kalit so‘zlar (3-5)
- foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Agar siz rus yoki o‘zbek tillarida murojaat qilsangiz, ingliz tilida ism va kalit so‘zlarni ko‘rsating.
Maqola bilan ishtirok etayotganlar to‘liq ismi-familiyasi, tashkilot nomi, ilmiy darajasi, telefon raqami va elektron pochta manzilini majburiy ravishda conference@mdis.uz elektron manziliga yuborish kerak.