AXBOROT XATI
CSR 2022 XALQARO KONFERENSIYASI
"Rivojlanayotgan bozorlarda CSR va ESG"
2022-yil 29 noyabr
Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti
Sana: 2022-yil 29 noyabr
Vaqt: 10:00 (Toshkent vaqti bilan)
O‘tkazilish joyi: Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti
Format: oflayn/onlayn
Quyidagi ZOOM havolasi orqali konferensiyaga qo‘shiling:
Uchrashuv identifikatori:
Parol:
ZOOM majlislar zali soat 09:30 da ochiladi.
Konferensiya maqsadlari:
- yosh mutaxassislar va talabalar, ilmiy jamoatchilik, hamda professional ekspertlar e’tiborini rivojlanayotgan bozorlarda CSR (Korporativ ijtimoiy mas'uliyat) va ESG (Ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv) imkoniyatlari va istiqbollariga jalb etish;
- CSR va ESG rivojlanishi va shu sohaga ta‘alluqli global muammolarni muhokama qilish;
- rivojlanayotgan bozorlarda CSR va ESGni strategiyalarini qo’llashda zamonaviy vositalar bo'yicha tajriba almashish;
- CSR va ESGning zamonaviy tendentsiyalari va istiqbollarining O'zbekistonda, hamda chet el mamlakatlarida biznes va iqtisodiyotga ta'sirini tahlil qilish;
- CSR va ESG ko'lamini mustahkamlash uchun yangi yondashuvlar va mexanizmlarni ishlab chiqish.
Konferensiyaning asosiy tematik yo‘nalishlari:
- xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda CSR va ESG o’rni;
- korxonalarning jozibadorligini oshirishda ijtimoiy va ekologik muammolarni hal qilishishi o’rni;
- atrof-muhitga salbiy ta'sirni kamaytirish va jamiyatning boshqa ijtimoiy muammolarini hal qilishga hissa qo'shish;
- mahsulot va brend tanilishining oshirishda muhim omili sifatida ESG tamoyillarini amalga oshirish;
- iqtisodiyot tarmoqlarida mas'uliyatli biznes tamoyillarini (CSR va ESG) amalga oshirish uchun zamonaviy tartibga solish vositalarini takomillashtirish;
- iqtisodiyot tarmoqlarida mas'uliyatli biznes tamoyillarini (CSR va ESG) joriy etishning mavjud masalalari bo'yicha amaliy tavsiyalar;
- turizmning barqaror rivojlanishi va barqaror mehmondo'stlik tendentsiyalari;
- qishloq turizmi va ekoturizm barqaror ekoturizm turlari sifatida;
- yoshlar harakatda: barqaror turizm uchun yechim topish.
Konferensiyaga taqdim etilgan maqolalar konferensiya materiallari to‘plamida chop etiladi.
Konferensiyaning ish tillari: ingliz, rus va o’zbek.
Matnning o‘ziga xosligi kamida 80% bo‘lishi kerak.
Shrift: hajmi - 14, turi - Times New Roman; qator oralig‘i - 1,5. Hoshiya chetlari 2 sm.
Maqola taqdim etish formati:
- sarlavha
- annotatsiya (500-600 so‘z)
- kalit so‘zlar (3-5)
- foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Rus va o’zbek tilidagi maqolalarni yuborishda, iltimos, annotatsiya va kalit so‘zlarni ingliz tilida taqdim eting.
Iltimos, maqolalaringizni 2022-yil 31-oktabrgacha toʻliq ismi-sharifi, affiliyatsiya, ilmiy daraja, lavozim, telefon raqami va elektron pochta conference@mdis.uz / research@mdis.uz manzillariga yuboring.