Tibbiyot punkti
TSMRI tibbiyot punkti institutning barcha aʼzolariga, jumladan, talabalar, xodimlar, tashrif buyuruvchilar yoki hududdagi boshqa tashkilotlarga tez tibbiy yordam xizmatlarini taklif etadi.
Buning uchun tibbiyot punkti barcha zarur narsalar bilan jihozlangan. Zaruriyat tug’ilganda, murakkab jarohatlar va o'tkir kasalliklar, shuningdek, yuqumli kasalliklarga chalingan talabalar mutaxassisga yo’naltiriladi.
Tibbiyot markazi, shuningdek, profilaktika ishlari, talabalar va xodimlarning umumiy va profilaktik salomatligi bo'yicha taqdimotlar, shuningdek, institut hududining sanitar holatini monitoring qilish bilan shug'ullanadi.
Joylashuv
MDIS Tashkent tibbiyot markazi institutning bosh binosi 2-qavat, 207-xonada joylashgan.
Murojaat uchun :
Lavozim | FISH | Hafta kunlari |
Xona |
Menejer, Shifokor |
Raximova Salima Xalilovna |
Dushanba Chorshanba Juma |
Eski bino: |
Menejer assistenti, Hamshira |
Mirxoliqova Gulchexra Mirpulatovna |
Lavozim |
FISH | Hafta kunlari |
Xona |
Menejer, Shifokor |
Raximova Salima Xalilovna |
Seshanba Payshanba |
Yangi bino: |
Menejer assistenti, Hamshira |
Surayeva Mariya Mixalovna |
Lavozim |
FISH |
Hafta kunlari |
Xona |
Menejer assistenti, Hamshira |
Surayeva Mariya Mixalovna |
Shanba |
Yangi bino: |
Menejer assistenti, Hamshira |
Mirxoliqova Gulchexra Mirpulatovna |
Soat |
Tibbiyot Markazi ish jadvali |
Seshanba & Chorshanba & Payshanba | |
10:00 - 12:30 | Institut sanitariya nazorati |
Ish vaqti:
Dushanba – Shanba 9.00-18.00
Yakshanba – dam kuni
Tel: 71 271 77 01
E-mail: medcentre@mdis.uz
Tibbiyot markazi bayram kunlari va maxsus ogohlantiruv holatlarida yopiladi.
Ish vaqtidan tashqari va tez yordam
Agar tez tibbiy yordam kerak bo'lsa, tez tibbiy yordamga, 03 (yoki mobil telefoningizdan 103) raqamiga qo'ng'iroq qiling.
Tezkor yordam
Talabalar tez tibbiy yordam xizmati uchun quyidagi shifokorlar va muassasalarga murojaat qilishlari mumkin:
- Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega bo‘lgan talabalar yashash joyidagi Oilaviy poliklinikaga tashrif buyurishlari shart;
- Toshkent shahrida vaqtincha yashovchi talabalar Chilonzor tumanidagi 39-sonli oilaviy poliklinikaga (Naqqo‘shlik ko‘chasi, 7A; tel.: +99871 279 36 35) murojaat qilishlari kerak.
Mavjud xizmatlar
Tibbiyot markazi jamoasi bir qator xizmatlarni taqdim etadi, jumladan:
- tez tibbiy yordam xizmatlari
- umumiy tibbiy maslahatlar
- mutaxassislarga yo’naltirish
Diqqat!
Ushbu sahifa TSMRI tibbiy xizmatlar haqida ma'lumot berish va faqat o'quv maqsadlari uchun mo'ljallangan. Uning mazmuni har qanday kasalliklar, kasallikni tashxislash yoki davolashni nazarda tutmaydi. Muayyan tibbiy maslahat va yordam uchun mutaxasisga murojaat qiling.