Onlayn ro’yhatdan o’tish tartibi:

 Onlayn ro'yhatdan o'tish muddati : 2023-yil, 1-apreldan 15-avgustgacha

(Qabul kunlari SMRI (Singapur Respublikasi) tomonidan o’zgarishi mumkin).Onlayn ro’yhatdan o’tish uchun abituriyentlar quyidagi talablarga javob berishlari kerak: Abituriyentlar quyidagi ta’lim muassasalaridan birini yakunlagan bo’lishlari kerak :

  • Umumta’lim kursini yoki umumta’lim kursidan keyingi ta’limni SMRI(Singapur Respublikasi)da;
  • O’zbekiston Respublikasidagi OTMlarda birinchi yoki undan yuqori kurslarni eng kamida 4 bahoga yoki unga tenglashtirilgan ekvivalent ballarga;
  • Umumta’lim kursini yoki umumta’lim kursidan keyingi ta’limni Xalqaro universitetlarda eng kamida 4 bahoga yoki unga tenglashtirilgan ekvivalent ballarga;

 Abiturieybntlarning IELTS ballari 6.0 ( har bir bandi 5.5 dan kam bo’lmasligi kerak) ga teng yoki undan baland bo’lishi talab etiladi

c.Quyidagi hollarda abituriyentlardan ingliz tilini bilish darajasi hamkor universitetlar tomonidan  talab etilmasligi mumkin:

  • Ingliz tilida so’zlashadigan, davlat tili ingliz tili bo’lgan mamlakatlarda akkreditatsiyadan o’tgan, hamda barcha darslari ingliz tilida o’qitiladigan va baholanadigan universitetlar tomonidan beriladigan daraja yoki diplomga ega bo’lgan taqdirlarida.
  • Ingliz tilida so’zlashmaydigan, davlat tili ingliz tili bo’lmagan mamlakatlarda akkreditatsiyadan o’tgan, ammo barcha darslari ingliz tilida o’qitiladigan va baholanadigan universitetlar tomonidan beriladigan daraja yoki diplomga ega bo’lgan taqdirlarida (O’qitilgan dasturlarning ingliz tilida o’tilganini tasdiqlovchi qo’llanma xati taqdim etilishi kerak).
  1. Abituriyentlarga alohida SMRI(Singapur Respublikasi ) hamda hamkor universitetlar tomonidan qo’chimcha talablar qo’yilishi mumkin.
  2. Abituriyentlar onlayn ro’yhatdan o’tish davomida quyidagi hujjatlarning PDF formatidagi nusxalarini yuklashlari lozim :
  • Rektor nomiga ariza;
  • Passport (doimiy yashash manzili ko’rsatilgan holda);
  • Diplom va uning ilovasi (Ingliz tiliga tarjima qilingan va notarius tomonidan tasdiqlangan bo’lishi lozim).
  • 6.0 va undan yuqori ball bo’lgan IELTS sertifikati(har bir bandi 5.5dan kam bo’lmasligi kerak);
  • Akademik sertifikat :

-Umumta’lim kursini yoinki undan keyingi kurslarni o’qib tugatganligini tasdiqlovchi ta’sis xati(SMRI(Singapur Respublikasi)/TSMRIdan o’qishni ko’chirish istagidagi nomzodlar uchun)

-Birinchi yoinki undan katta kurslarni tugatganligini tasdiqlovchi hujjatning yoki baholar quyiladigan zachetkaning ingliz tiliga tarjima qilingan va notarius tomonidan tasdiqlangan nusxasi(O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan mahalliy institutlarda o’qishni ko’chirish istagidagi nomzodlar uchun)

  • Rasm (3.5X4.5 hajmda, JPEG formatda);
  • Hamkor universitetlarning ariza shakllari;
APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech