“Ipak yo‘li” bankining stipendiya dasturi 

Bankning 2024-2025 o‘quv yili uchun “Ipak yo‘li” stipendiya dasturi MBA magistrantlari uchun moliyaviy yordam olish va o‘z iste’dodlarini rivojlantirish uchun ajoyib imkoniyatdir. 

Dastur o‘zining professional karyerasida muvaffaqiyat qozonishga intilayotgan ambitsiyali talabalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. 

Dastur maqsadlari 

  • Yuqori akademik yutuqlar, yetakchilik qobiliyatlari va innovatsiyalarga intilishlarini namoyish etadigan iqtidorli MBA magistrantlariga stipendiya berish orqali ta’limga sarmoya kiritish. 
  • Iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va yosh mutaxassislarning salohiyatini rivojlantirish. 
  • Ta’lim orqali raqobatbardoshlikni oshirish. 
  • Yosh mutaxassislar uchun "Ipak yo‘li" bankida faoliyat olib borish imkoniyati. 

Tanlov mezonlari 

“Ipak yo‘li” banki stipendiyasiga nomzodlarni tanlash akademik ko'rsatkichlar, shaxsiy fazilatlar, tillarni yaxshi bilish darajasini o'z ichiga olgan mezonlarga muvofiq amalga oshiriladi. 

Dastur ishtirokchilari bilan aloqa, elektron pochta orqali amalga oshiriladi. Shu boisdan, dastur ishtirokchilari joriy pochtaga murojaat qilishi mumkin. 

“Ipak yo'li” banki stipendiyasini tayinlash uchun quyidagi mezonlar belgilanadi: 

  • O'zbekiston Respublikasi fuqaroligi 
  • Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida MBA magistratura dasturiga qabul qilingan talabalar 
  • Bakalavrda o‘qish davrida yuqori reyting ko‘rsatkichlar mavjudligi 
  • MBA dasturi bo‘yicha magistraturada o‘qish davrida “Ipak yo‘li” bankida faoliyat olib borish imkoniyati 
  • O‘zbek, rus va ingliz tillarini yaxshi bilish 

* Majburiy talab: “Ipak yo‘li” bankida 3 yilgacha ishlash 

Ariza topshirish 

Qiziqish bildirgan nomzodlar PDF hujjatlarni quyidagi pochtaga yuborishi talab etiladi d.agzamov@ipakyulibank.uz: 

  • Pasport yoki ID-kartaning nusxasi (shaxsiy ma’lumotlar sahifasi) 
  • Ma’lumotnoma (CV): ish tajribasi va kasbiy yutuqlarning batafsil tavsifi 
  • Akademik transkriptining skanerlangan nusxasi (ballar, baholar) 
  • Motivatsion xat (insho) uchta tildan birida: o‘zbek, ingliz yoki rus tillarida. Miqdori 800-900 so‘z 
  • Universitet o‘qituvchilari yoki ish beruvchining tavsiyanomasi 

Diqqat: Hujjatlarni PDF formatida elektron pochta orqali yuborishda, siz elektron pochta mavzusiga “Ipak yo‘li” bankining stipendiya dasturini ko'rsatishingiz kerak. 

Hujjatlarni qabul qilish davri: 19.08.2024-24.09.2024 yil 

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech