Sport markazi talabalarning turli sport tadbirlarini nazorat qilish vazifasini o’z zimmasiga oladi. SIRMT ochiq va yopiq sport maydonchalariga hamda talabalar ehtiyojlarini inobatga olgan holda yaratilgan zallarga ega.
Sport markazida badminton, basketbol, futbol, gimnastika, gandbol, suzish, tennis, stol tennisi va voleybol kabi turli xil sport va fitnes mashg'ulotlari mavjud. Yopiq sport majmuasi ikki qavatli bino va tennis korti hamda gandbol, basketbol, mini-futbol va voleybol o‘yinlari uchun yopiq stadiondan iborat bo‘lib, sig‘imi 500 nafargacha tomoshabinga mo‘ljallangan. Ushbu majmuaning ikkinchi qavatida joylashgan sport zalidan tashqari olimpiya oʻlchamidagi yopiq basseyn ham mavjud.
Ochiq sport inshootlariga yengil atletika yo'lakchasi, basketbol, voleybol va futbol maydonchalari kiradi. Sport markazida kiyim almashtirish xonalari, kiyim-kechak xonasi, dush va tibbiyot punkti kabi asosiy qulayliklar mavjud.
Sport markaziga obuna
Sport markaziga obuna bo'lish uchun quyida berilgan jadvaldagi ma'lumotlardan foydalaning va barcha kerakli hujjatlarni TSMRI tibbiyot markaziga topshirishingiz lozim:
Sport turi |
Kerakli hujjatlar |
Suzish |
Rektor nomiga ariza Dermatologdan tibbiy ma’lumotnoma 3х4 sm hajmli bir (1) dona fotosurat |
Tennis |
Rektor nomiga ariza Terapevtdan tibbiy ma’lumotnoma 3х4 sm hajmli bir (1) dona fotosurat |
Trenajyor zali |
Rektor nomiga ariza Terapevt va kardiologdan tibbiy ma’lumotnoma + Elektrokardiogramma natijasi 3х4 sm hajmli bir (1) dona fotosurat |
Bitiruchilar uchun
Sport Turi |
Ma’lumotlar |
Trenajor zali |
· Kardiologdan ma’lumotnoma · 3x4 rasm 1 dona · Passport · Dushanba-Chorshanba-Juma soat (18:00dan 21:00gacha) · 1 oyda 12ta mashg’ulot 250 000 so’m |
Suzish |
· Dermatologdan ma’lumotnoma · 3x4 rasm 1 dona · Passport · Dushanba-Chorshanba-Juma soat (18:00dan 20:00gacha) · 1 oyda 12ta mashg’ulot (1 soatdan) 350 000 so’m |