"Marketingning yangi mezonlari: global va milliy tendensiyalar” mavzusiga bag'ishlangan Xalqaro Talabalar Simpoziumi o‘tkazildi.
2021-yil 15-dekabr kuni Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti O‘zbekiston marketing assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda “Marketingning yangi mezonlari: global va milliy tendensiyalar” mavzusiga bag'ishlangan Xalqaro Talabalar Simpoziumi o‘tkazildi. Simpozium gibrid formatda, bir vaqtning o'zida ham oflayn, ham onlayn tarzda olib borildi. Simpoziumning maqsadi yetakchi mahalliy va xorijiy ekspertlar, marketologlar, yirik kompaniyalarning top-menejerlari va biznes tuzilmalari vakillarini menejment, marketing hamda sotuv bo‘yicha tajribalarini talabalar va endigina shu sohada ish boshlagan mutaxassislar bilan bo'lishishlari uchun birlashtirish edi. Kompaniyalar va mijozlar o‘rtasidagi munosabatlarga kuchli ta’sir ko‘rsatgan pandemiya va globallashuv kabi tub o‘zgarishlarni hisobga olib, klassik va raqamli marketingga zamonaviy yondashuv masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir iliq va do‘stona ruhda o‘tdi, unda mutaxassislar ochiq muloqot tarzida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar va zamonaviy tendensiyalar hamda marketing vositalari va ularning biznesda qo‘llanilishini muhokama qildilar. Institut tadbirni a’lo darajada tashkil etganliklari uchun janob Diyor Mirzaahmedov va Malika Karamatova xonimga samimiy minnatdorchilik izhor etadi, shuningdek, simpozium ma’ruzachilari – Uyushma ekspertlariga qiziqarli chiqishlari uchun tashakkur bildiradi : - Azizbek Umaraliev, Space marketing / Space Academy loyihalari rahbari; - Farxod Komilov, Qacademy ta'lim loyihasi hamda Inmarketing Digital-agentligi rahbari; - Madina Ro'zmatova, PR-maslahatchi, shaxsiy brend yaratish bo'yicha maslahatchi, Alpha Education PR maktabining asoschilaridan biri; - Samira Latipova, Express24 kompaniyasi Marketing bo'limi boshlig'i hamda Product Owner - Sardor Janpo'latov, Doraline Pharmaceutical Company, BrandMe agentligi va PlanBaby.uz loyihasining marketing bo'limi boshlig'i. - D-r Mixaylo Goncharenko, Mintaqalararo xodimlarni boshqarish akademiyasi rektori, Ukraina - Elvira Samatova, iqtisodiyot fanlari nomzodi, O‘sh davlat universiteti biznes va menejment fakulteti dotsenti, Qirg‘iziston - Eraj Yusufshoev, “55 Group” tijorat boshqarmasi boshlig‘i, Tojikiston - Ruzanna Arutyunyan, iqtisodiyot fanlari nomzodi, Xalqaro gumanitar universitetining Iqtisodiyot va xalqaro iqtisodiy aloqalar kafedrasi dotsenti, WAVE Odessa biznes maktabi direktori, Ukraina - Ramziddin Ergashev, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabasi, O‘zbekiston