17 Mart 2022 864

TSMRIDA KORONAVIRUSGA QARSHI EMLANGAN TALABALAR O'RTASIDA SOVRINLAR O‘YINI O‘TKAZILDI.

Joriy yilning 15-mart kuni Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida koronavirusga qarshi emlangan talabalar o'rtasida sovrinlar o‘yini o‘tkazildi.
Umumiy hisobda, sovrinlar o'yinida Covid-19 ga qarshi emlanganlik sertifikatlarini yuklash orqali roʻyxatdan oʻtgan 271 talabalar ishtirok etishdi. Yuklangan sertifikatlar institut tibbiyot markazi tomonidan diqqat bilan tekshirib chiqildi.
G'oliblar lotеreya o'yini yordamida tasodifiy tanlab olindi hamda turli xil sovrinlar egasiga aylanishdi.
Barcha g‘oliblarni chin yurakdan tabriklaymiz va o‘qishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech