PhD va DSc qabul e’lon qiladi
Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti
ilmiy tadqiqotchilar uchun mustaqil izlanuvchilikka (PhD, DSc) qabul
E’LON QILADI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son
“Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risida”gi Nizom talablariga muvofiq, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti 2025-yil uchun 08.00.02 – “Makroiqtisodiyot”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”, 08.00.11 – “Marketing” hamda 08.00.13 – “Menejment” ixtisosliklari bo‘yicha mustaqil izlanuvchilikka (PhD, DSc) qabul e’lon qiladi.
Mustaqil izlanuvchilikka (PhD, DSc) hujjatlar 2025-yil 15-yanvaridan 15-fevralgacha bo‘lgan muddatda Innovatsion rivojlanish agentligi Yagona elektron tizimi (http://daraja.ilmiy.uz) orqali qabul qilinadi.
PhD - MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA QABUL QILISH UCHUN HUJJATLAR RO‘YXATI:
- ariza;
- qisqacha biografik ma’lumotnoma (obyektivka);
- magistrlik yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturi bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
- ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxasi;
- ish joyidan tavsifnoma;
Eslatma: Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchanlikka quyidagilarga ega bo‘lganlar qabul qilinadi:
- magistr diplomi yoki oliy ma’lumot to‘g‘risidagi (ixtisoslik bo‘yicha) diplomga ega bo‘lganlar;
- belgilangan ilmiy maqolalariga (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis) ega bo‘lganlar.
Mustaqil izlanuvchilikka kiruvchi talabgorlarning suhbat natijalaridan kelib chiqib tanlanadi.
DSc - MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA QABUL QILISH UCHUN HUJJATLAR RO‘YXATI:
- ariza;
- qisqacha biografik ma’lumotnoma (obyektivka);
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
- oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxalari;
- tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
- ish joyidan tavsifnoma.
Eslatma: Mustaqil izlanuvchilik - DScga quyidagilarga ega bo‘lganlar qabul qilinadi:
- fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud ularga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalar;
- fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi yoxud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olgandan so‘ng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish.
Bir necha talabgorlarning doktoranturaga suhbat natijalari bo‘yicha ular tomonidan to‘plangan yakuniy ballari teng bo‘lgan taqdirda quyidagi talabgorlarga ustunlik beriladi:
- 5 yildan ortiq ilmiy-pedagogik stajga ega bo‘lganlar;
- mualliflik guvohnomalari va patentga ega bo‘lganlar;
- monografiya (ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun), talabgorning dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tegishli ilmiy jurnallarda, shu jumladan xorijiy jurnallarda chop etilgan soni bo‘yicha (boshqa talabgorlarga nisbatan) ko‘p miqdorda ilmiy maqolaga ega bo‘lganlar;
- dissertatsiya tadqiqoti hajmining 50 foizdan ko‘p qismini bajarganlar.
Mustaqil izlanuvchilik - DScda o‘qish uchun kirayotgan talabgorlar qabul komissiyasi tomonidan ixtisoslik bo‘yicha suhbatdan o‘tadilar.