9-MAY - XOTIRA VA QADRLASH KUNI
9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti jamoasi tomonidan urush va mehnat faxriylari holidan xabar olindi. Jumladan, poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi “Do‘mbirobod” hamda “Mexrjon” mahallalarida istiqomat qiluvchi bir guruh keksalarga bayramona kayfiyat ulashildi. Keksalik gashtini surayotgan faxriylarimiz bugungi osoyishta kunlar uchun shukronalar aytib, tinchlikni qadrlash zarurligini ta'kidlashdi. Shuningdek, yurtimizda faxriylarga hamisha yuksak ehtirom va alohida hurmat ko'rsatib kelinayotganidan minnatdor bo‘lishdi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, ulug‘ ajdodlarimiz, urush va mehnat faxriylarining fidoiyliklari hamda qahramonliklari tarixdagi o‘chmas iz, bugunimiz va kelajagimiz uchun ulkan ibratdir.