Bitiruv marosimi

Bitiruv kuni barcha bitiruvchilar, ularning oilalari va do'stlari uchun bayram hisoblanadi. Bu ularning talabalik hayoti davomida erishgan barcha yutuqlarini nishonlash va TSMRIda o’tkazgan yillarga nazar tashlash imkoniyatidir. TSMRI har doim bu kunni unutilmas qilishga intiladi.

Bu sahifada bitiruvchilarning bitiruv kuni talabalar xotirasida eng baxtli kunlardan biri sifatida qolishi uchun nima qilishlari kerakligini bilib olishingiz mumkin.

Bitiruv marosimida qatnashish huquqi

Barcha talabalar Talabalarga xizmat ko’rsatish bo'limida (SSU) bitiruv marosimiga muvofiqligini tekshirishlari lozim.

Diplomni qo’lga kiritish va bitiruv marosimida qatnashish uchun siz quyidagi shartlarni amalga oshirishingiz kerak:

- o'quv dasturini yakunlash va barcha imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirish hamda;

- TSMRI ga nisbatan hech qanday qarzlar bo'lmasa, bitiruv marosimida qatnashish huquqiga ega bo’lasiz

Bitiruv marosimiga taklifnoma

Agar diplom olish uchun barcha talablar bajarilgan bo'lsa, ro'yxatdan o'tish yo’riqnomasi talabaga veb-pochta manzili orqali yuboriladi, unda quyidagi ma'lumotlar aks ettiriladi, lekin ular bilan cheklanmaydi:

- Taklifnoma;

- Tasdiqlash arizasi.

Talabalar tasdiqlash arizasida ko'rsatilganidek, bitiruv kunidan olti (6) hafta oldin tashrif buyurishlarini tasdiqlashlari kerak.

Bitiruv libosi

Bitiruv marosimi talabalar yutuqlarining rasmiy bayramidir va biz barcha bitiruvchilarni mos ravishda kiyinishga chorlaymiz. TSMRI barcha bitiruvchilarni zarur tantanali kiyim va atributlar bilan ta'minlaydi. Bitiruvchilarga tegishli kiyimsiz bitiruv marosimida qatnashish taqiqlanadi.

TSMRI bitiruv marosimida ishtirok etish shartlari boʻyicha batafsil maʼlumotni ssu@mdis.uz elektron manziliga soʻrov yuborish orqali olishingiz mumkin.

APPLY NOW
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech